Shahrisabzda ishga tushdi

Restoran va do‘kon uchun kassa — planshetda, internetsiz ham

hozir.go (horcha-go.uz) — kassa, oshxona ekrani, ombor, moliya va xodimlar bitta tizimda. Egasi esa hammasini telefonida, real vaqtda ko‘radi.

Kerakli hammasi — bitta ilovada

Restoran, kafe, choyxona, somsaxona va do‘konlar uchun. Hech qanday qimmat jihozsiz: oddiy planshet va printer yetarli.

🧾

Planshetda kassa

Stollar, olib ketish, yetkazish. Chegirma, qaytarish va menejer tasdig‘i — sabab bilan.

📶

Internetsiz ishlaydi

Internet uzilsa, savdo to‘xtamaydi. Cheklar keyin o‘zi yuboriladi.

👨‍🍳

Oshxona ekrani va printer

Buyurtma oshxonaga darhol boradi: ekranda yoki printerda, stansiyalar bo‘yicha.

🏛

Fiskal chek

Virtual kassa (Multikassa) bilan, MXIK kodlari asosida — ulanmoqda.

📦

Ombor va tex karta

Har sotilgan taomdan masalliq o‘zi ayriladi. Xarid, inventarizatsiya, qoldiq.

💵

Moliya

Har bir so‘m hisobda: kassa, xarajat, foyda. Sababsiz pul chiqmaydi.

👥

Xodimlar va ish haqi

Davomat (joylashuv bilan), ish haqi avtomatik, vazifalar va ichki qoidalar.

📱

Egasi telefonida

Savdo, ogohlantirishlar va hisobotlar — telefonda va Telegram’da.

Qanday ulanadi

Uch qadam. Menyu va xodimlarni kiritishda yordam beramiz.

Biz ulaymiz

Biznesingiz va filialingiz ochiladi, filial kodi beriladi.

Planshetni ulaysiz

Brauzerda ochib, filial kodini kiritasiz — ilova sifatida o‘rnatiladi.

Ishlaysiz

Xodimlar PIN bilan kiradi, siz esa telefoningizda kuzatasiz.

Oylik to‘lov yo‘q

Faqat savdoingizdan kichik ulush. Savdo bo‘lmasa — to‘lov ham yo‘q.

  • Kassa, oshxona, ombor, moliya va xodimlar — bitta ilovada
  • Savdo bo‘lmagan oyda to‘lov ham yo‘q
  • Har kecha shifrlangan zaxira nusxa
1%

savdodan, oyiga bir marta hisob-faktura

Ko‘p so‘raladigan savollar

Internet uzilsa kassa ishlaydimi?

Ha. Kassa oflayn rejimga o‘tadi va savdoni davom ettiradi. Internet qaytgach, cheklar o‘zi serverga yuboriladi.

Qanday jihoz kerak?

Oddiy planshet yoki telefon, chek va oshxona printerlari (Wi-Fi, LAN yoki USB). Printerlar restorandagi kompyuterdagi kichik dastur orqali ulanadi.

Fiskal chek chiqaradimi?

Virtual kassa (Multikassa) bilan ishlash tayyorlanmoqda: cheklar navbatda turadi va internet bo‘lganda soliqqa yuboriladi. Ulanish muddatini so‘rang.

Ma’lumotlar qayerda saqlanadi?

O‘zbekistondagi serverda. Har kecha shifrlangan zaxira nusxa olinadi.

Do‘konga ham mos keladimi?

Ha: shtrix-kod, tarozi, yorliqlar, nasiya daftari va tayyor tovarlar ro‘yxati bilan.

Ulanmoqchimisiz?

Yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling — biznesingizga ko‘rsatib beramiz.

hozir.go — касса для ресторанов и магазинов

hozir.go (horcha-go.uz) — POS-система для ресторанов, кафе и магазинов в Узбекистане: касса на планшете, работа без интернета, экран кухни и принтеры, фискальные чеки через Multikassa (подключается), склад и техкарты, финансы, учёт рабочего времени и зарплата сотрудников. Владелец видит продажи на телефоне и получает уведомления в Telegram. Без абонентской платы — 1% от продаж.